| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
Multimedia Message System – mul’timediya xabarlar xizmati bo’lib, abonentga rangli rasmlar va fotosuratlarni uzatish, sevimli musiqa jo’rligidagi grafik tasvirli yoki ovozli xabarlarni yaratish imkonini beradi. Dam olish paytida dengiz, tog’lar va qalin o’rmonlarda olingan hamda do’stlarga jo’natilgan fotosuratlar Sizga mamnuniyat baxsh etadi, do’stlaringizning esa ta’tilni maroqli o’tkazayotganingizga havasi keladi, albatta.
MMS xizmatidan foydalanish uchun:
yoki SMS-xabar yuborib: 1 raqamini 616001ga. (MMS xabarlar bilan almashinuv uchun GPRS-WAP+MMS+Internet xizmatlari yoqilgan bo’lishi zarur.). Agarda MMS xabar yuborilgan telefon bunga moslanmagan bo’lsa, unda Internetda manzil ko’rsatilgan xabar keladi. MMS xabarning to’liq ko’rinishini siz Internet orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Xabarlarni faqatgina bir mobil telefondan ikkinchisiga emas, balki elektron manzilga ham yuborish mumkin.
MMS xabar yuborishda yuborilayotgan raqam albattta to’liq xalqaro formatda ko’rsatilishi kerak.
O'zbekiston bo'yicha hajmidan qat'iy nazar, faqatgina chiquvchi xabarlar narxlanadi. Tarmoq ichida jo’natilayotgan xabarning maksimal hajmi - 500 Kb. Boshqa kompaniya abonentlariga esa - 300 Kb.
Xalqaro roumingda yuborilgan MMS uchun xalqaro MMS yuborish narxi bilan birga yuborilayotgan xabarning hajmiga qarab GPRS-Internet uchun o'rnatilgan tarifga muvofiq haq olinadi.