«www.odnoklassniki.ru SMS-xabari»
«www.odnoklassniki.ru SMS-xabari» servisi Sizga www.odnoklassniki.ru saytidagi o‘z profilingizda yuz berayotgan voqealar haqida ma’lumot olish imkonini beradi: sovg‘alar va xabarlar olish, fotosuratlar va maqomlar uchun izohlar va hokazolar. Shuningdek Siz 445 qisqa raqamidan telefon raqamingizga kelgan kiruvchi xabarlarga javob berishingiz mumkin yoki sayt manzili orqali jamoat tarmog‘idagi o‘z sahifangizga o‘tishingiz mumkin.
Xizmatni boshqarish jarayoni:
1. SMS-xabarlar xizmatiga ulanish va uning sozlashlari
Maqsadi: SMS-xabarlar xizmatiga ulanish.
Sharti: Siz www.odnoklassniki.ru saytida o‘z profilingizga ega bo‘lishingiz kerak
Asosiy qadamlari:
- www.odnoklassniki.ru saytida o‘z profilingizga kiring
- «Sozlashlarni o‘zgartirish» bo‘limida «Xabarlar sozlashlari"ni tanlang va voqealarni belgilang, bu voqealarni yodingizga soluvchi xabar telefoningizga yuboriladi. Shuningdek Siz SMS-xabarlar olish vaqtini cheklashingiz ham mumkin.
- So‘ngra «Telefon raqami"ni tanlang, o‘z raqamingizni kiriting. Shundan so‘ng Siz telefoningizda maxfiy kodli SMS-xabar olasiz.
- Maxfiy kodni maxsus joyga kiritish kerak. Agar maxfiy kod tasdiqlansa, raqam akkauntga kiritilgan hisoblanadi.
- «Tasdiqlash"ni bosib, Siz SMS-xabarlar olishga roziligingizni bildirasiz.
2. Yangi voqealar haqida SMS-xabar olish
Maqsadi: SMS-xabarlar olish
Sharti: Sizda SMS-xabarlar olish xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy qadamlari:
- Agar www.odnoklassniki.ru saytidagi Sizing sahifangizda yangi voqea yuz bersa, xizmatga ulanganda Siz ko‘rsatgan telefon raqamiga SMS-xabar keladi.
- SMS-xabar matnida ism, xabar matni yoki voqea nomi va qisqa manzili keltiriladi, u orqali m.odnoklassniki.ru saytining mobil versiyasiga o‘tish mumkin
- SMS-xabar oddiy SMS-xabar sifatida saqlanadi va Siz istalgan vaqt unda ko‘rsatilgan manzil orqali unga o‘tishingiz mumkin.
3. Shaxsiy xabarlarga javob
Maqsadi: jamoat tarmog‘ida qoldirilgan shaxsiy xabarga 445 qisqa raqamiga SMS yuborib javob berish
Sharti: Sizda SMS-xabarlar olish xizmati sozlangan va yoqilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy qadamlari:
- Siz jamoat tarmog‘ida do‘stingiz hisoblangan boshqa foydalanuvchidan SMS-xabar olasiz.
- 445 qisqa raqamga javob SMS-xabari orqali Siz javob xabar matnini yuborasiz, u jamoat tarmog‘ining sahifasidagi Sizning shaxsiy xabarlaringizda aks etadi.
- Javob xabari quyidagi talabga muvofiq kelishi kerak: SMS-xabarda ko‘rsatilgan raqamlardan boshlanadi va javob xabari raqamlari va matnidan iborat.
4. SMS-xabarlar xizmatini o‘z ixtiyori bilan o‘chirish
Maqsadi: SMS-xabarlar olishni o‘chirish.
Sharti: Sizda SMS-xabarlar olish xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy qadamlari:
- www.odnoklassniki.ru saytida o‘z profilingizga kirib, «Sozlashlarni o‘zgartirish» bo‘limidagi «Xabarlar sozlashlari» bo‘limida barcha belgilangan voqealarni o‘chiring.
- «Saqlash» tugmasini bosib, sozlashlarni saqlang.
Servis narxi:
- 445 raqamidan kiruvchi SMS-xabarlar narxi — $0.00
- 445 raqamiga chiquvchi SMS-xabarlar tarif rejaga muvofiq tarmoq ichidagi chiquvchi xabar sifatida narxlanadi.
- www.odnoklassniki (to‘liq va mobil versiyalari) jamoat tarmog‘iga tashrif buyurganda sarflangan Internet-trafik narxi tarif rejaga muvofiq.
Servis «Inform-Mobil Tashkent» KP bilan hamkorlikda taqdim etiladi.
Agar Sizda savol bo’lsa,
quyidagi formadan foydalaning.
Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi
formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.
Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.