× yopish
Mamlakatni tanlag:

Kompyuterdan SMS/MMS yuborish

«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati — bu shaxsiy kompyuter yoki noutbukdan mobil telefonga SMS va MMS xabarlarni qulay va tez yuborish uchun mo’ljallangan innovatsion xizmatdir.

«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» bepul dasturi kompyuter yoki noutbukka alohida ilova ko’rinishida o’rnatiladi, pochta dasturlari va Internet-brauzerlar bilan birgalikda ishlaydi.

«Komputerdan SMS/MMS yuborish» xizmatidan foydalanishdagi narxlanish qoidalari.

Xabarlar yuborishning yangi imkoniyatlari*

  • kompyuter klaviaturalaridan foydalanib, matnni tez va qulay yuborish;
  • foto, video va musiqa yuborish;
  • O’zbekiston mobil aloqa operatorlari abonentlariga SMS/MMS-xabarlar yuborish;
  • manzillar daftarchasidan bir vaqtda bir qancha abonentlarga, shu jumladan bir guruh abonentlarga xabarlar yuborish;
  • avval belgilangan vaqtda xabarlar yuborish;
  • uy tarifi bo’yicha roumingda xabarlar yuborish;
  • pochta dasturlari va Internet-brauzerlaridan xabarlar yuborish;
  • Windows yoki brauzerlar kontekst menyusi yordamida kompyuter sichqonchasining o’ng tugmasini bosib, multimedia yuborish.
  • «Kompyuterdan SMS/MMS» dasturining yangi versiyasi yordamida Rossiya Federatsiyasi mobil operatorlari abonentlariga xalqaro xabarlarni (SMS va MMS) yuborish mumkin, ushbu kompaniyalar bilan MTS-O’zbekiston kompaniyasi xalqaro xabarlar almashish xizmatini tuzgan

Abonentlar «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» dasturidan yuborilgan xabarlarni sizning nomingiz/raqamingizdan qabul qiladi. Javob xabarlari sizning telefoningizga keladi.

*

  • SMS-xabarlarni O’zbekiston mobil aloqasining barcha operatorlari abonentlariga yuborish mumkin; MMS-xabarlarni esa faqat MTS-O’zbekiston, Ucell, Beeline abonentlariga yuborish mumkin.
  • SMS-xabarning maksimal uzunligi — lotin harflaridan foydalansa 800 ta belgi, kirill alifbosidan foydalansa 350 ta belgi (telefon sozlashlari va operator imkoniyatlariga bog’liq).
  • MMS-xabarning maksimal hajmi — 300 Kbayt. MMS-xabarning maksimal hajmi shuningdek mobil telefonning aniq bir modeli imkoniyatlariga va boshqa operatorlar tarmoqlarining cheklovlariga ham bog’liq.
  • «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» dasturi yordamida MMS-xabarni yuborish uchun «MMS/WAP/GPRS» xizmatini ulash shart emas.
  • MMS-xabarlarni qabul qiluvchi abonent telefonida “MMS/WAP/GPRS” xizmati yoqilgan bo’lishi shart va ushbu abonent telefon raqamidan avval hech bo’lmasa bitta MMS-xabar yuborilgan bo’lishi kerak.
  • Bir kundagi xabarlarning (SMS va MMS) maksimal soni (limiti) 300 dona.
  • Bitta xabarni bir vaqtda ko’pi bilan 100 kishiga yuborish mumkin.
  • 160 ta lotincha belgidan yoki 70 ta kirillcha belgidan oshgan SMS-xabarlar bir necha qismlarga bo’linadi, ularning har biri tarifga muvofiq narxlanadi.
  • Bitta SMS/MMS xabar bir nechta abonentga (shu jumladan bir guruh abonentlarga) yuborilsa, u nechta qabul qiluvchi abonent ko’rsatilgan bo’lsa, shuncha marta narxlanadi.
Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.mts.uz/uz/services/communication/sms_mms

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan