| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
SMS qisqartmasi Short Messagе Serviсе deb o’qiladi, bu esa «qisqa xabarlar xizmati» deb tarjima qilinadi. Bu bugungi kunda istalgan vaqtda va istalgan yerda xabar almashish imkoniyatiga ega eng ommabop texnologiyadir. SMSdan foydalanishda boshqa telefon raqami bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanmaydi — ma’lumot qisqa xabarlar markaziga yuboriladi, u yerda saqlanadi, so’ngra manzilga yuboriladi. Hatto agar abonent bilan vaqtinchalik bog’lanib bo’lmasa ham markaz xabarni eslab qoladi va aloqa tiklanishi bilan uni abonentga yetkazadi. Bundan tashqari, SMS manzil, telefon raqami, ism va shunga o’xshash eshitish qiyin bo’lgan ma’lumotni yetkazish imkoniyatiga ega.
Mobil telefondan qisqa xabar yuborish uchun mobil telefondagi ko’rsatmaga rioya qilish kerak. Qabul qiluvchining raqamini u kiruvchi qo’ng’iroqlarda aniqlanganidek to’liq xalqaro formatda ko’rsatgan yaxshiroq – ya’ni
+998 (shahar kodi) (abonent raqami).
Boshida PLUS - + ni ko’rsatmasa ham bo’ladi.
Qabul qiluvchining raqamini ko’rsatishga misol - +998971030909.
SMS-markaz raqami (998 71 130 08 97) Sizning SIM-kartangiz xotirasiga allqachon yozib qo’yilgan, va uni ko’pchilik zamonaviy apparatlarda qo’shimcha ravishda ko’rsatmasa ham bo’ladi – telefon uni avtomatik ravishda qidirib topadi va undan foydalanadi.
Xabar turli kodirovkada berilishi mumkin. Apparatlarning mutlaq ko’pchiligi ingliz alifbosiga moslashgan. Ushbu alifbodagi xabarning eng katta hajmi – 160 ta belgi. Zamonaviy apparatlar Unicode kodirovkasiga moslashgan, kirill alifbosi belgilari ham unga kiritilgan. Biroq bu kodlar "ochko’zroqdir", va bitta xabar 70 tadan ortiq belgidan iborat bo’lishi mumkin emas. Agar xabarda bitta kirill belgisi bo’lsa, barcha xabarlar apparatdan Unicode kodirovkasida yuboriladi.
Deyarli barcha zamonaviy telefonlar lotinchada 160 ta belgi, kirillchada 70 ta belgidan iborat xabar yaratish imkoniyatiga ega, biroq uzatilayotganda u tegishli ravishda 160 va 70 ta belgi bo’yicha bir qancha xabarlarga bo’linadi, va Sizga bir qancha xabar uchun hisob keladi.