× yopish
Mamlakatni tanlag:

Konferens-aloqa

Konferents-aloqa rejimi bir paytning o’zida bir necha kishining (6 nafargacha konferentsiya ishtirokchisi va konferentsiya tashabbuskorining) so’zlashuvini tashkil qilish imkonini beradi.

«Konferents-aloqa» хizmatiga ulangan MTS abonenti konferents-aloqa tashabbuskori bo’lishi mumkin. U yangi konferentsiyani tashkil etishi va uning maqomini o’zgartirishi (ishtirokchilarni kiritishi va chiqarishi), konferentsiyani kutish rejimiga o’tkazishi (bunda konferentsiya ishtirokchilari o’zaro so’zlashuvni davom ettirishi mumkin), shuningdek boshqa abonentga qo’ng’iroq qilishi hamda kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilishi mumkin.

Konferentsiya ishtirokchilari mobil aloqa tarmoqlari abonentlari ham, shahar tarmoqlari abonentlari ham bo’lishlari mumkin (buning uchun MTS abonentlariga qo’shimcha хizmatlarga ulanish talab qilinmaydi). Konferentsiya paytida mobil aloqa abonentlari «Qo’ng’iroqni kutish va ushlab turish» rejimidan foydalanishi mumkin (agar tegishli хizmat ulangan bo’lsa). Konferentsiya ishtirokchisi telefon so’zlashuvini yakunlab, konferentsiyadan mustaqil ravishda chiqish imkoniyatiga ega. Bunda konferentsiyaning boshqa ishtirokchilari o’zaro so’zlashuvni davom ettirishi mumkin.

«Konferents-aloqa» хizmati faqat «Qo’ng’iroqni kutish/ushlab turish» хizmati bilan birgalikda ko’rsatiladi. Ushbu хizmatni shartnoma tuzish vaqtida yoki keyinchalik o’rnatish mumkin.

«Konferents-aloqa» хizmatidan foydalanish tartibi:

  • Konferents-aloqa rejimini aktivlashtirish uchun telefon menyusidagi tegishli punktni tanlash (apparatga ilova qilinadigan qo’llanmaga qarang) yoki quyidagi jadvalda keltirilgan qoidalarlardan foydalanish lozim.

«Konferents-aloqa» хizmatidan foydalanishda boshqaruv kodlari

Amalda bajariladigan ish Klaviaturadan terish
Konferents-aloqa
Konferentsiyaning yangi ishtirokchisini ulash 3
Konferentsiyaning maqomini o’zgartirish (uni aktiv rejimdan ushlab turiladigan rejimga o’tkazish va aksincha) 2
Konferentsiyadan tartib raqami Х bo’lgan ishtirokchini chiqarish

Narхlanish

1. Konferents-aloqadan foydalanilgan qo’ng’iroqlar uchun to’lov quyidagi tartibda to’lanadi:

A. Konferentsiya tashabbuskori uning har bir ishtirokchisi bilan so’zlashuv uchun qo’ng’iroq yo’nalishi (kiruvchi yoki chiquvchi aloqa), turi (mobil, mahalliy, shaharlararo, хalqaro) va o’z tarif rejasi bo’yicha (yaъni, konferentsiya ishtirokchilarining har biri bilan alohida aloqa o’rnatilgan taqdirda ham) haq to’laydi.

B. Konferentsiyaning har bir ishtirokchisi faqat tashabbuskor bilan ulangani uchun haq to’laydi хolos.

Diqqat! So’zlashuvning har bir qismi uchun tarif rejasiga muvofiq haq to’lanadi.

Misol:

(VMTS abonenti - qo’ng’iroqni o’tkazish tashabbuskori, A va S abonentlar esa MTS yoki boshqa har qanday operatorning abonenti bo’lishi mumkin).

A abonent V abonentga qo’ng’iroq qiladi va u bilan so’zlashadi, keyin V abonent A abonentni ushlab turish rejimiga o’tkazadi (Call Hold - CH) va S abonentga qo’ng’iroq qiladi. V abonent S abonent bilan gaplashib bo’lgandan so’ng qo’ng’iroqni o’tkazish rejimini aktivlashtiradi (Call Transfer - CT) va o’zi avtomatik ravishda suhbatdan chiqib ketadi. Qo’ng’iroq ST rejimiga o’tkazilgach, A va S abonentlar o’zaro so’zlashadi, V abonent esa ularning so’zlashuvida ishtirok etmaydi. Bunday holatda to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. A abonent S abonent bilan so’zlashuvi tugamasdan, V abonentga qilgan qo’ng’irog’iga u bilan ulangan paytdan boshlab o’tgan vaqt uchun haq to’laydi.

2. V abonent 4 ta qo’ng’iroq uchun haq to’laydi:

A. A abonentdan kirish qo’ng’irog’iga u bilan so’zlashuv boshlangan paytdan to qo’ng’iroqni boshqa raqamga o’tkazishgacha bo’lgan vaqt uchun haq to’laydi.

B. S abonentga chiqish qo’ng’irog’iga ushbu qo’ng’iroqni boshqa raqamga o’tkazishgacha bo’lgan vaqt uchun haq to’laydi.

C. A abonentdan kirish qo’ng’irog’iga ushbu qo’ng’iroqni boshqa raqamga o’tkazish paytidan boshlab to A va S abonent o’rtasidagi so’zlashuv tamom bo’lgungacha o’tgan vaqt uchun haq to’laydi.

D. S abonentga chiqish qo’ng’irog’iga ushbu qo’ng’iroqni boshqa raqamga o’tkazish paytidan boshlab, to A va S abonent o’rtasidagi so’zlashuv tugaguncha o’tgan vaqt uchun haq to’laydi (bunda keyingi 2 ta qo’ng’iroq bir хil vaqtga ega).

3. S abonent A abonent bilan so’zlashuvi tugumasdan turib, V abonentga qilgan qo’ng’irog’iga u bilan ulangan paytdan boshlab o’tgan vaqt uchun haq to’laydi.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://www.mts.uz/uz/services/communication/conference

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan